Ochiq muloqot tashkil etildi.
Qo‘shko‘pir tumani katta majlislar zalida aholini elektr, gaz, suv va ko‘mir bilan ta’minlash masalalari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotda tuman hokimi Shuhrat Axmedov, idora va tashkilot rahbarlari, OAV xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida kuz-qish mavsumida barcha ta’lim va tarbiya maskanlari, ijtiomiy ob’ektlar, aholi xonadonlarini uzluksiz tabiiy gaz, ichimlik suvi, e’lektr ta’minoti bilan ta’minlash, shuningdek, tabiiy gaz borishi qiyin bo‘lgan eng chekka hududlarni ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. tumanda bu bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib o‘tildi.
Ochiq muloqot so‘ngida OAV xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.