Odam savdosi  asr vabosi!

Bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelayotgan odam savdosining oldini olish, o‘z vaqtida unday mudhish jinoyatlarga qarshi kurashish borasida muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Odam savdosi, ya’ni ushbu qabih jinoyat tufayli qanchadan qancha beayb insonlar aziyat chekadi. Eng avvalo odam savdosi kabi jinoyatlarga barham berish, uni oldini olish borasida huquqiy normativ baza shakllangan. Shuningdek, 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Jinoyat Kodeksida odam savdosi bilan shug‘ullanib yurgan kimsalarga nisbatan qilmishiga yarasha jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu kabi jinoyatlar hudud va chegara tanlamaydigan eng og‘ir jinoyatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bir paytlar odam savdosidan jabr ko‘rganlar soni ortib, arz-dodini kimga aytishni bilmay yurgan yurtdoshlarimiz talaygina edi. 2008 yil 17 aprelda «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi ayni muddao bo‘lib, bu kabi jinoyatlarning o‘z vaqtida oldini olish va unga qarshi muttasil kurashishning huquqiy asoslarini yaratish bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlarga nisbatan har tomonlama yordam ko‘rsatishning choralarini o‘z ichiga oldi. Ayniqsa, bugungi kunda bu kabi jinoyatlar dunyo bo‘ylab eng murakkab muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, u giyohvandlik vostalari va qurol-yarog‘ savdosidan keyin, ya’ni uchinchi o‘rinni egallab turganligi bilan o‘ta xavflidir. Shunday ekan, uyushgan jinoyatchilik, xalqaro terrorizm, norkobiznes, qurol-yarog‘ aslohalarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ta og‘ir jinoyatlar qatorida turgan odam savdosining har qanday ko‘rinishini oldini olish va jinoyatchilikka barham berish bilan birga, darhol chora tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Odam savdosi jinoiy faoliyatning o‘ta xavfli turlaridan biri bo‘lib, tahqirlash aynan shunda namoyon bo‘ladiki, mazkur jinoyat turi qullikka o‘xshash shakllarda sodir qilinadi. Unda insonni ekspluatatsiya qilish, uni tovar sifatida sotish, inson omillaridan foydalanish yo‘li bilan daromad orttirish bilan bog‘likligi sababli tahqirlovchi mazmun-mohiyat kasb etadi.  Bugungi kunda odam savdosi jinoyatining aksariyati aldov usullari bilan amalga oshiradi va qurbonlarni shunday tarzda tuzoqqa ilintiradi. Har qanday shaxs, ayniqsa, yoshlar bu borada o‘ziga xos bilim va ko‘nikmalarni o‘zida xosil qilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lib, unday kimsalar tuzog‘iga tushishiga aslo hojat qolmaydi. Insoniyat har qanday mushkulotni aql va teran tafakkur ila hal qilishi mumkin. Odam savdosi kabi mudhish jinoyatlardan aholining o‘z vaqtida ogoh qilish va bu boradagi bilimlarini samarali oshirish, ayniqsa, yosh avlod vakillari ushbu kabi jinoiy qilmishning qurboniga aylanib qolmasliklari uchun juda ehtiyot bo‘lishlari, aldov, xavoyi va’dalar yo‘li bilan taklif qilinayotgan notanish kimsalarni so‘ziga ishonib qolmasdan, ogoh bo‘lishlari kerak. Bugungi kunda jahonda odam savdosi jinoyatidan jabr ko‘rganlarning soni kun sayin taboro ko‘payib borayotganligi, shuningdek bu kabi o‘ta xavli illatning insoniyat hayotiga nechog‘lik katta xavf solayotganligi hech kimga sir emas. 
Jinoyat ishlari bo‘yicha 
Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi                                     Furqat Ismoilov


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари