Odam savdosi eng og‘ir jinoyat
Xalqimizda: “Yomonni tanqid qil, Yaxshiga — taqlid”, degan maqol bejiz aytilmagan. Jamiyatda shunday shaxslar borki inson degan ulug‘ va qutlug‘ nomga dog‘ tushirishdan aslo hazar qilmaydi. Shuningdek, davlatimiz konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilmasdan, qonunga xilof xatti-harakatlarni amalga oshirib, qilgan ijtimoiy havflı qilmishlari uchun qonun oldida javob berishga majbur bo‘ladi.
Bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelayotgan odam savdosining oldini olish, o‘z vaqtida unday mudhish jinoyatlarga qarshi kurashish borasida muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Odam savdosi, ya’ni ushbu qabih jinoyat tufayli qanchadan qancha beayb insonlar aziyat chekadi. Eng avvalo odam savdosi kabi jinoyatlarga barham berish, uni oldini olish borasida huquqiy normativ baza shaklangan. Shuningdek, 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Jinoyat Kodeksida odam savdosi bilan shug‘ullanib yurgan kimsalarga nisbatan qilmishiga yarasha jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu kabi jinoyatlar eng og‘ir jinoyat hisoblanadi. 2008-yil 17-aprelda “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi ayni muddao bo‘lib, bu kabi jinoyatlarning o‘z vaqtida oldini olish va unga qarshi muttasil kurashishning huquqiy asoslarini yaratish bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlarga nisbatan har tomonlama yordam ko‘rsatishning choralarini o‘z ichiga oldi. Ayniqsa, bugungi kunda bu kabi jinoyatlar dunyo bo‘ylab eng murakkab muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, u giyohvandlik vositalari va qurol-yarog‘ savdosidan keyin, ya’ni uchinchi o‘rinni egallab turganligi bilan o‘ta havflidir. Shunday ekan, uyushgan jinoyatchilik, xalqaro terrorizm, norkobiznes, qurol-yarog‘ aslahalarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ta og‘ir jinoyatlar qatorida turgan odam savdosining har qanday ko‘rinishini oldini olish va jinoyatchilikka barham berish bilan birga, chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Odam savdosi jinoiy faoliyatning o‘ta havfli turlaridan biri bo‘lib, tahqirlash aynan shunda namoyon bo‘ladiki, mazkur jinoyat turi qullikka o‘xshash shakllarda sodir qilinadi. Unda insonni expluatatsiya qilish, uni tovar sifatida sotish, inson omillaridan foydalanish yo‘li bilan daromad orttirish bilan bog‘liqligi sababli tahqirlovchi mazmun-mohiyat kasb etadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi F.Ismoilov