Odam savdosiga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir!

O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan. Ayniqsa, bugungi kunda bu kabi jinoyatlar dunyo bo‘ylab eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, u giyohvandlik vositalari va qurol-yaroq savdosidan keyin, ya’ni uchinchi o‘rinni egallab turganligi bilan o‘ta xavflidir. Odam savdosi jinoiy faoliyatning o‘ta xavfli turlaridan biri bo‘lib, tahqirlash aynan shunda namoyon bo‘ladiki, mazkur jinoyat turi qullikka o‘xshash shakllarda sodir qilinadi.

Unda insonni ekspluatatsiya qilish, uni tovar sifatida sotish, inson omillaridan foydalanish yo‘li bilan daromad orttirish bilan bog‘liqligi sababli tahqirlovchi mazmun-mohiyat kasb etadi. Odam savdosi kabi mudhish jinoyatlardan aholini o‘z vaqtida ogoh qilish va bu boradagi bilimlarini samarali oshirish, ayniqsa, yosh avlod vakillari jinoiy qilmishning qurboniga aylanib qolmasliklari uchun juda ehtiyot bo‘lishlari, aldov, havoyi va’dalar yo‘li bilan taklif qilinayotgan notanish kimsalarni so‘ziga ishonib qolmasdan, ogoh bo‘lishlari kerak. Bugungi kunda jahonda odam savdosi jinoyatidan jabr ko‘rganlarning soni kun sayin tobora ko‘payib borayotganligi, shuningdek, bu kabi o‘ta xavfli illatning insoniyat hayotiga nechog‘lik katta xavf solayotganligi hech kimga sir emas. Bu esa o‘z navbatida barchamizni ogoh va sergak bo‘lishimizni taqozo etadi. 
                                                  
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tuman sudining sudya yordamchisi I.Qurbonboyev


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари