Ommaviy sayyor qabul

Bugun Qo‘shko‘pir tumani sektor rahbarlari hamda idora va tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Muloqotda murojaatchilar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam so‘radi. Jumladan, yo‘llarni ta’mirlash, aliment undirish, ish bilan ta’minlash, tijorat bankidan kredit mablag‘lari olish, elektr transformatorlarini o‘rnatish, elektr tayanchlarni almashtirish kerakligi aytildi.

Ommaviy sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi. Vaqt va mablag‘ talab etadigan muammolar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi o‘tkazildi.

Qo‘shko‘pir tuman hokimligi matbuot xizmati 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари