Oʻquv kurs

Qoʻshkoʻpir tumanida yashovchi tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan xotin-qizlar Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlinmasi va tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi bilan hamkorlikda tadbirkorlik oʻquv kurslariga jalb qilindi.

Oʻquv kurslarida xotin-qizlar tadbirkorlik boshlash uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalariga ega boʻldilar. Oʻquvlar bank, soliq, savdo-sanoat palatasi va adliya boʻlimi mas’ul xodimlari tomonidan amalga oshirildi.

Oʻquv kurs soʻngida test sinovlari oʻtkazildi. Bugun test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan 26 nafar xotin-qizlarga tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sayyora Xudayberganova sertifikatlar topshirdi.

Qo‘shko‘pir tuman hokimligi matbuot xizmati 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари