Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish necha xil usulda oʻtkazilishi belgilanganligini bilasizmi?

 

 

Roʻyxatga olish ishlari ikki xil usulda —qogʻoz shakli hamda internet tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.

        Birinchi usulda roʻyxatga oluvchi xodimlar uyma-uy yurib, soʻrov oʻtkazadi va savollardan iborat varaqani respondentlarning soʻzlari asosida toʻldiradi. Bunda roʻyxatga olish ishlari besh xil shakldagi soʻrovnomalar :

- turar joyning xususiyatlari va unda yashovchilar roʻyxati,

- shaxsga oid savolnoma,

- Oʻzbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma,

- aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish boʻyicha savolnoma,

 vaqtincha turgan joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun nazorat varaqasi berish asosida amalga oshiriladi.

Ikkinchi usulda respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida internet jahon axborot tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi. Bunda soʻrovnomalar aholining oʻzi tomonidan maxsus dastur orqali toʻldirilib, belgilangan elektron manzilga joʻnatiladi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари