PAYSHANBA-HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI
Bugun Qo‘shko‘pir tumanidagi barcha maktablarda payshanba-huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishi, ular orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, dars jarayonida o‘qishga bormasdan bemaqsad yurgan, tungi vaqtlarda internet-kafe va ko‘ngilochar maskanlarda vaqt o‘tkazayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash va ularni o‘qishga qaytarish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Tig‘ (sovuq qurollar)”, “Davomat” va “Xavfsiz bola” profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkakzilgan mazkur tadbirlarda voyaga yetmagan yoshlarga mavzu yuzasidan tushuntirishlar berib borildi.
Barcha maktablarda IIB xodimlari tomonidan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
S.Rajabov,
Katta leytenant.
M.Matmuratov,
leytenant