PAYSHANBA – HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI
"Payshanba – Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumanidagi maktabgacha va maktab ta'limi muassasalarida bir qator profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, 50-son maktabda o‘tkazilgan uchrashuvda ham Qo‘shko‘pir tumani IIB katta inspektor-psixologi, mayor E.Atajanov tomonidan o‘quvchi yoshlarga jinoyat va huquqbuzarliklarga qo‘l urmaslik, turli yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolmaslik, kitob o‘qishni targ‘ib qilish, ularda ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish borasida tushuntirishlar berildi.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI