Payshanba – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”

Bugun “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumanidagi bir qator tashkilot va muassasa xodimlari ishtirokida profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, Milliy   gvardiya  Xorazm  viloyati bo‘yicha    boshqarmasi  Bolalar bilan  ishlash  bo‘limi  Qo‘shko‘pir tumani inspektor-psixologlari, tuman IIB xodimlari, Qo‘shko‘pir tumandagi maktab va maktabgacha bo‘limi mas’ullari bilan birgalikda tumandagi 1-sonli va 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini o‘rganishdi.

Mazkur ta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish mavzularida uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘quvchilarga “Bezorilar” nomli video rolik namoyish etildi. Va bu borada tushuntirishlar berildi.

O‘quvchilarga  tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ruhiy salomatlik shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sog‘lom ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish, tibbiy madanyatni rivojlantirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Qo‘shko‘pir tuman hokimligi matbuot xizmati

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари