Payshanba – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni"
Payshanba – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”
Qo‘shko‘pir tumanida 2024-yil 21-noyabr kuni jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida har haftaning payshanba kuni joylarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Dolzarb 50 kunlik tadbiri yuzasidan tumanning Chamanzor mahallasida xodimlarga Yo‘riqnoma o‘tkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar bilan ishlash va profilaktik ishlarni kuchaytirish, muqaddam sudlangan, ma’muriy nazoratda turgan va Probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan olib borilayotgan ishlarni chuqurlashtirilgan holda o‘rganish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati