Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni

Qo‘shko‘pir tumanidagi 22-maktabda “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida o‘quvchi qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Xudayberganova, tuman Ichki ishlar bo‘limi HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik G.Gulyamova va mahalla faollari ishtirok etishdi.

  

Tadbirning asosiy maqsadi – huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar orasida huquqiy ongni shakllantirish va ularning jamiyatda to‘g‘ri yo‘lni tanlashlarini ta’minlashdan iborat. Davra suhbati shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda, mutasaddilar yoshlar bilan bevosita muloqot qilib, huquqbuzarliklar, uning oqibatlari va huquqiy madaniyatni oshirish zarurligi haqida fikr almashdilar.

S.Xudayberganova o‘z nutqida, huquqbuzarliklarning oldini olishda oila va mahallaning muhim rolini ta’kidladi. Yoshlarning o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitga tez moslashishi va muammolarni hal etishda o‘qituvchilar, ota-onalar, va mahalla faollarining birgalikda ishlashlari zarurligini aytib o‘tdi. U, shuningdek, har bir yoshning o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi, qonunlarga hurmat bilan qarashi lozimligini alohida ta’kidladi.

 

G.Gulyamova esa o‘z nutqida huquqbuzarliklarning yoshlar uchun qanday xavflar tug‘dirishini tushuntirib, bunday holatlar faqatgina jismoniy yoki moliyaviy zarar bilan tugamaydi, balki jinoiy javobgarlikka ham olib kelishi mumkinligini bildirdi. U, shuningdek, yoshlarni huquqiy savodxonlikka o‘rgatish, ularga huquq va erkinliklar bilan birga, mas’uliyatni ham tushuntirish zarurligini aytib o‘tdi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga, ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olishga, shuningdek, ijtimoiy mas’uliyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazilgan “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbiri yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning jamiyatda to‘g‘ri yo‘lni tanlashlariga ko‘maklashish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim qadamdir. Ushbu kabi tadbirlar kelajakda jamiyatda tartib-intizomni mustahkamlash, yoshlarni qonunlarga hurmat bilan qarashga o‘rgatish uchun albatta davom ettirilishi zarur.

Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари