Profilaktika kuni

Har haftaning payshanba kuni Qo‘shko‘pir tumanida “Profilaktika kuni” munosabati bilan tuman sektor rahbarlari tomonidan joylarda xavfsizlik va jamoat targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Qo‘shko‘pir tumani Qizil toifasiga tushgan Arablar mahallasida profilaktika kuni munosabati bilan sektor rahbarlari ishtirokida xizmat oldi yo‘riqnomasi tashkil etildi. Profilaktika kuni bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng profilaktika nozirlari, yo‘l-patrul xizmati, milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi, favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, Sanitariya va epidemiologiya markazi xodimlari hamda hamkor tashkilot vakillaridan iborat tarkib el osoyishtaligi yo‘lida xizmat vazifalariga kirishdi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари