QO‘SHKO‘PIR TUMANIDA ISHSIZ FUQAROLARNING BANDLIGI TAMINLANMOQDA
Qo‘shko‘pir tumanida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekin ekish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda ularning daromad manbaini oshirishga qaratilgan tadbirlar keng amaliyogta tadbiq etilib, tumanda “Ayollar, temir va yoshlar” daftarida ro‘yxatda turuvchi va chet eldan qaytgan fuqarolarga yer maydonlari ajratib berish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar ishtirokida mahallalarda bo‘lib, belgilangan chora-tadbirlarga asosan fuqarolarga yer bo‘lib berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan: fermer xo‘jaliklarning g‘alla va ertagi ekinlardan bo‘shaydigan maydonlardan takroriy ekinlarni ekish bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, hokim yordamchilari hamda mahalla fuqaro yig‘ini bilan birgalikda M.Rahimov hududidagi “Shokir Shodlik” fermer xo‘jaligida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda tumandagı ishsiz fuqarolarning bandligini taminlash maqsadida fermer xo‘jaligi tomonidan 12 nafar ishsizlarga 30 sotixdan yer maydoni ajratildi.