QO‘SHKO‘PIR TUMANIDA ISHSIZ FUQAROLARNING BANDLIGI TAMINLANMOQDA
Qo‘shko‘pir tumanida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekin ekish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda ularning daromad manbaini oshirishga qaratilgan tadbirlar keng amaliyogta tadbiq etilib, tumanda “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi va chet eldan qaytgan fuqarolarga yer maydonlari ajratib berish ishlari davom etmoqda. Tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar ishtirokida mahallalarda bo‘lib, belgilangan chora-tadbirlarga asosan fuqarolarga yer bo‘lib berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan: fermer xo‘jaliklarning g‘alla va ertagi ekinlardan bo‘shaydigan maydonlardan takroriy ekinlarni ekish bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, hokim yordamchilari hamda mahalla fuqaro yig‘ini bilan birgalikda Guliston hududidagi “O‘zbekyop do‘stlik yo‘li” fermer xo‘jaligida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda tumandagi ishsiz fuqarolarning bandligini taminlash maqsadida fermer xo‘jaligi tomonidan 9 nafar yoshlarga 30 sotixdan yer maydoni ajratildi.