Qo‘shko‘pir TYFKDM direktori “Qoravul” mahallasidagi xonadonlarga bordi

Bugun Qo‘shko‘pir tuman TYFKDM direktori – Dilshod Sapayev tumandagi “Qoravul” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoya yagona reyestriga kirgan oilalar bilan uchrashish maqsadida ular yashab turgan xonadonlarga bordi.

Xonadon egalari uchrashuv davomida D.Sapayevga muammolari yuzasidan murojaatlarini bayon qilishdi, murojaatlar tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalarning muammolarini o‘rganish va hal qilish, daromadini oshirish, ularni ish bilan ta’minlash hisoblanadi.

Qo‘shko‘pir tuman hokimligi matbuot xizmati

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари