Qo‘shko‘pir tuman prokurori “Shixmaxshad” qishlog‘idagi xonadonlarga bordi

Qo‘shko‘pir tuman prokurori, 2-sektor rahbari – Bobirbek Matrasulov “Shixmaxshad” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoya yagona reyestriga kirgan oilalar bilan uchrashish maqsadida ular yashab turgan xonadonlarga bordi.

Uchrashuv davomida oila a’zolarining muammolari atroflicha o‘rganildi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, murojaatlari tinglandi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalarning daromadini oshirish, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunar uchun qayta tayyorlovga yo‘naltirish hisoblanadi.

Qo‘shko‘pir tuman hokimligi matbuot xizmati

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари