Qo‘shko‘pir tumani Ayronko‘l mahallasida sektor rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi
Qo‘shko‘pir tumani Ayronko‘l mahallasidagi fermer xo‘jaliklarida yerlarni shudgorlash, tekislash, yerning sho‘rini yuvish, ariqlarni betonlashtirish va quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha sektor rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Shu bilan birga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 1000 ga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Tuman hokimi Shuhrat Axmedov o‘z nutqida har bir qilinayotgan ish ertaga o‘z mevasini berib, Vatanimiz obodligi, taraqqiyoti hamda kelajak avlod uchun nihoyatda ahamiyatli ekanligini, bu yo‘lda barchamiz birdek o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozimligini ta'kidlab o‘tdi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati