Qo‘shko‘pir tumani IIB boshlig‘i tuman IIB JXX Probatsiya guruhida nazorat ostida turgan yoshlar bilan uchrashdi

Qo‘shko‘pir tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari – O‘.B.Xusainov tuman IIB JXX Probatsiya guruhida nazorat ostida turgan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ularning muammolari tinglandi va qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, murojaatlari yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, 2024-yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da ular uchun ko‘plab shart-sharoitlar borligi, o‘z biznes va tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun imkoniyatlar eshigi doimo ochiqligi aytib o‘tildi.

Ushrashuv so‘nggida tuman IIB rahbari JXX Probatsiya guruhida nazorat ostida turgan yoshlarga qayta huquqbuzarlik sodir etmasliklari, bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida tushintirishlar berdi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари