Qo‘shko‘pir tumani Yovg‘ir mahallasida "Onalar bog‘i" tashkil etildi
Unda Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muqaddas Masharipova, mahalla xotin-qizlar faollari hamda oqila onaxonlar ishtirok etdi.
Mazkur bog‘ga 1000 tupga yaqin mevali va manzarali daraxtlar ekildi. Oqila onaxonlar har bir daraxt haqqiga duo qilib, har bir nihol Yangi O‘zbekiston rivoji uchun, qolaversa atrof-muhit, ekologiya va kelajak avlod uchun nihoyatda ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati