Qo‘shko‘pir tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i O‘lmasbek Ashirovning 2024 yil iyul oyi yakuni bo‘yicha hisoboti va tadbirkorlarga murojaati

Muhtaram prezidentimiz tomonidan soliq organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish orqali yangi institut “Mahalla yettiligi” tashkil qilinishini ta’kidlagandilar. Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab, mahalla byudjetini shakllantirish hamda ularda shakllanadigan mablag‘larni “mahalla yettiligi”ning kengash qarorlari orqali infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirish belgilandi. 
Ayni paytda Qo‘shko‘pir tumanidagi 50 ta mahallaga 19 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular zimmasiga norasmiy tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, o‘zini-o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish yuklatilgan.
 “Mahalla yettiligi” institutining shakllanishi orqali soliq inspektorlari mahalladagi har bir soliq to‘lovchi xonadoniga kirib bormoqda, tadbirkorlik sub’yekti bilan uchrashib, uning muammosini o‘rganyapti, soliq sohasidagi o‘zgarishlarni tushuntirish orqali yashirin iqtisodiyotning oldi olinmoqda.
 Qo‘shko‘pir tumani soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida o‘tgan yetti oy davomida 65 ta korxonadagi 588 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlandi. 
Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 10 ta savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 26 nafar, 9 ta ishlab chiqarish korxonalarida 153 nafar, 2 ta qurilish korxonalarida 3 nafar hamda 7 ta qishloq xo‘jaligi sohasida 71 nafar, shuningdek, 39 ta xizmat ko‘rsatish korxonalarida 335 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi.
Ayniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini tiklash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ana shunday 280 ta korxonaning faoliyati tiklandi, 5 ta bo‘sh ob’yektlar ishga tushirilishi natijasida 8 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, mahalla yettiligi bilan birgalikda yashirin iqtisodiyotni jilovlash maqsadida viloyatda 4244 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi va muayyan faoliyat turlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.
Mahallabay tizimning yaratilishi natijasida 1 mlrd 361 mln so‘m miqdoridaga qo‘shimcha manba aniqlandi.
Joriy yilning o‘tgan yetti oyi davomida 11 mlrd 936 mln so‘m miqdoridagi jismoniy shaxslarning turar joy ob’yektlari bo‘yicha soliqlar undirilishi ta’minlandi. Natijada yig‘ilgan summaning 10 foizi ya’ni 1 mlrd 193 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar mahalla byudjetiga qoldirildi. 
Ta’kidlash lozim, mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati samaradorligi maxsus KPI dasturi orqali baholanadi va natijasiga qarab rag‘batlantiriladi hamda past ko‘rsatkichli xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘riladi.
Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.
Hurmatli kengash ishtirokchilari korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, mahalliy idoralar bilan birgalikda yashirin iqtisodiyotni jilovlash, tadbirkorlarga yordam berish orqali ularni xalol tadbirkorga aylantirsakkina soliq tushumlarining o‘sishi ta’minlanadi.

Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари