Qo‘shko‘pir tumanida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Axmedov hamda tuman prokurori Bobirbek Matrasulov tuman Ichki ishlar bo‘limi (IIB) binosida shaxsiy tarkib bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va bu borada kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir davomida huquq-tartibot idoralari xodimlariga korrupsiyaning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash va xizmat burchini sidqidildan bajarish muhim ekani yana bir bor eslatib o‘tildi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat tomonidan belgilangan yo‘nalishlar va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil tushuntirishlar berildi.
Tuman rahbarlari xodimlarga qonun ustuvorligini ta’minlashda duch kelinayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berib, ichki ishlar tizimi xodimlarining ushbu jarayonda halollik, adolat va mas’uliyat bilan harakat qilishlari muhimligini ta’kidladilar.
Bundan tashqari, yig‘ilish davomida korrupsiya xavfini kamaytirish uchun profilaktik ishlarni kuchaytirish, xodimlar orasida huquqiy madaniyatni oshirish va jamoatchilik bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tuman hokimi va prokuror huquqni muhofaza qilish organlari oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab, tizim xodimlariga xizmat faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati