Qoʻshkoʻpir tumanida uyushmagan yoshlar ishtirokida "Vatanga sodiq yoshlar" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik, ishchanlik ruhida tarbiyalash maqsadida bugun Qoʻshkoʻpir tumanida uyushmagan yoshlar ishtirokida "Vatanga sodiq yoshlar" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarda huquqiy savodxonlikni mustahkamlashga qaratilgan "Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati" va yoshlarda vatanga dahldorlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan "Harbiy-vatanparvarlik orqali yoshlarni vatanga dahldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari" mavzularida master klass mashg‘ulotlari tashkil qilindi.
Mashg‘ulotlar davomida tuman yoshlari mutaxassislarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar berib, batafsil javob oldilar.






