RASMIY MUNOSABAT
You tube ijtimoiy tarmog‘i orqali Matkarimova O‘lmas Abduqahhorovna ismli fuqaroning video murojaati tarqaldi.
Unda turmush o‘rtog‘i Matkarimov Doniyor Sadullayevichning 2-guruh nogironi ekanligini, Qo‘shko‘pir tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga moddiy yordam so‘rab murojaat qilganini, ammo moddiy yordam berilmaganini aytib o‘tgan.
Mazkur holat yuzasidan o‘rganish olib borilganida quyidagilar ma’lum bo‘ldi:
Madaniyat mahallasi, Munis ko‘chasi, 26-uyda yashovchi Matkarimov Doniyor Sadullayevichga Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-martdagi 165-sonli Qaroriga asosan, 2023-yilning dekabr oyida bir martalik moddiy yordam berilgan. Mazkur qarorga ko‘ra, fuqaroga bir martalik moddiy yordam yilda bir marotaba ko‘rsatilishi nazarda tutilgan. Shu sababli, mazkur fuqaroning arizasi rad etilgan.
Bu haqida Matkarimov Doniyorga mas’ullar tomonidan huquqiy tushuntirish ham berilgan.
Shundan so‘ng, Matkarimov Doniyor bepul dori-darmon olish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga ariza bergan, ammo uning ijtimoiy holati muhtoj emas deb topilgan.
Bu bo‘yicha ham mazkur fuqaroga huquqiy tushuntirish berilganini ma’lum qilamiz.
Qo‘shko‘pir tuman hokimligi matbuot xizmati