RASMIY MUNOSABAT 

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda "Katta bog‘ni ko‘rmagan auksionchilar" sarlavhasi ostida tarqalgan videomurojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Mazkur videomurojaatda tilga olingan bog‘ maydonlari Qo‘shko‘pir tumani M.Raximov hududi, xususan, 807k, 801k, 803k va 809k konturlarda joylashgan bo‘lib, dastlab Yangilik mahallasida faoliyat yuritgan “Mashhura Munisa Javohir” fermer xo‘jaligiga bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 14-sonli qaroriga asosan ajratilgan.

Fermer xo‘jaligi rahbari G‘.Niyozmetovning 2025-yil 28-yanadagi notarial tartibda tasdiqlangan arizasiga asosan (raqami: 202502481000570), ushbu konturlarda joylashgan umumiy 11,3 gektar yer maydonining, ya’ni 6,6 gektar bog‘zor, 2,7 gektar uzumzor hamda 2,0 gektar ariq va zovur qismlaridan ixtiyoriy ravishda voz kechilgan.

Shundan so‘ng, ushbu yer maydonlari davlat balansiga qaytarilib, qonuniy tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish maqsadida 3 lotga bo‘lingan holda auksionga chiqarilgan. Hozirda mazkur lotlardan 2 tasi (ya’ni 6 gektar bog‘zor va uzumzorlar) qayta loyiha qilish maqsadida savdodan olingan bo‘lsa, 1 tasi esa talabgorlar tomonidan qonunchilikka muvofiq auksion orqali yutib olingan.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tamizki, joylarda olib borilayotgan barcha yer ajratish, ijaraga berish va auksion tartibidagi ishlar qonuniy asosda, shaffoflik tamoyillariga muvofiq hamda vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masala yuzasidan tarqalayotgan noto‘g‘ri talqinlarga nisbatan fuqarolarimizni xolis va haqqoniy axborotga tayanishga chaqiramiz.

Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари