RАSMIY MUNOSАBАT
Ijtimoiy tarmoqlar orqali "Oltin voha" mahallasida yashovchi fuqaro B.Q oilaviy ahvolini oʼrganib, yordam berilishini soʼrab videomurojaat yoʼllagan.
Ushbu murojaat tegishli tartibda soha mutaxassislari tomonidan oʼrganilganda, murojaatchi B.Qning 3 nafar farzandi borligi, ushbu xonadonda yashovchi qizi B.N 2-guruh nogironi ekanligi hamda turmushidan ajrashganligi, "Аyollar daftari"da roʼyxatda turishi, joriy yilda "Аyollar daftari" jamgʼarmasidan bir million uch yuz yigirma ming soʼm miqdorida pul mablagʼi hamda imtiyozli kredit asosida 2 xonali uy-joy berilganligi, ammo hozirgi kunda ajratilgan uyda yashamayotganligi maʼlum boʼldi.
Shuningdek, qizi B.N.ga va murojaatchining nabirasi B.O.ga subsidiya asosida tikuv mashinasi berilib, bandligini taʼminlashda yordam berilganligi, xonadon aʼzolarining doimiy holidan xabar olinib kelinayotganligi aniqlandi.
QOʼShKOʼPIR TUMАNI HOKIMLIGI АXBOROT XIZMАTI