RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar tomonidan “Qo‘shko‘pir dehqon bozori”dagi vaziyat bilan bog‘liq norozilik videolavhalar tarqalmoqda. 
Ushbu videolavhalar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: Qo‘shko‘pir tumanidagi kundalik dehqon bozori 2010 yilda qayta rekonstruksiya  qilingan bo‘lsada, bugungi kunda zamon talablariga javob bermasligi aniqlandi. Bu bo‘yicha ko‘p marotaba telekanallar va blogerlarning ijtimoiy tarmoqlarida tanqidiy muhokamalarga sabab bo‘lgan.Tadbirkorlarga va fuqarolarga keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish maqsadida tuman markazida, ya’ni, Chamanzor mahallasi hududida,  zamonaviy sharoitlarga ega, zamon talablariga har jihatdan javob bera oladigan “Jayhun dehqon bozori” qurilib, tayyor holatga  keltirildi.

Ushbu bozor bugungi kunda auksionga chiqqan bo‘lsada, bu bozor yana o‘zining tadbirkoriga taklif berilgan. Eski dehqon bozorida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni yangi dehqon bozoriga vaqtincha ko‘chirish maqsadida mutassaddi rahbarlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan. 
Hozirgi eskirib qolgan Qo‘shko‘pir dehqon bozori boshqa maqsadlarda emas, balki bozorda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlagan holda, ularning roziligi yo‘lida anashu bozor majmuasini rekonstruksiya qilish ishlari rejalashtirilgan. Bu ishlarning borishi bo‘yicha tuman hokimi  Sh.Axmedov boshchiligida sektor rahbarlari  tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazib tushuntirish ishlarini olib bordilar. Endilikda eski bozor o‘rnida quriladigan, zamon talablariga mos keladigan bozorning qurilish loyihalari tayyor holga keltirilgach, tadbirkorlar e’tiboriga havola qilinadi. Loyihalar bilan tanishtirilgach, bozor qurilib bitguniga qadar “Jayhun” dehqon bozoriga vaqtincha ko‘chib turishlari mumkinligi bo‘yicha takliflar beriladi. 

Qo‘shko‘pir dehqon bozorining bugungi holatida esa xavfsizlik choralari, xususan, bino va inshootlarda yong‘in xavfsizligi talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari to‘liq inobatga olinmaganligi, shuningdek, avtomobil to‘xtash joylarining yetishmasligi kabi holatlar sotuvchi va xaridorlar uchun bir qator noqulayliklar tug‘dirayotganini ko‘rishimiz mumkin. Xuddi shuningdek, xojatxona va chiqindixona sanitariya holatida emasligi, qo‘l yuvish uchun umivalniklar o‘rnatilmaganligi, rastalarda chiqindi yig‘ish o‘rinlari yo‘qligi ham ko‘p bora telekanallar orqali efirga uzatilgan. Bugungi kunda mutassaddilar tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar dehqon bozorlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash va zamonaviy savdo-bozor infratuzilmasini shakllantirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари