RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali "Qo‘shko‘pir tumanidagi abgor yo‘llar" sarlavhasi ostida videomurojaat yo‘llangan. 

Ushbu murojaatni o‘rganish maqsadida Qo‘shko‘pir tuman hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. 

O‘rganishlar davomida videomurojaatda  ko‘rsatilgan yo‘l tuman markazidan  Gʻozovot qishlog‘iga  olib boruvchi  4k 945 Qo‘shko‘pir sh-Gʻozovot k.” mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘li bo‘lib (0-15 km),  joriy  yilda ushbu yo‘lning 0-8 km qismlarida joriy ta’mirlash ishlari bajarilganligi, ushbu yo‘lning 15 km qismini kapital ta’mirlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 oktyabr 2023 yildagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-330 sonli Qarori bo‘yicha taklif berilganligi,  umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ta’mirlash ishlari bir vaqtning o‘zida  olib borilishini imkoniyati cheklanganligini  va ushbu ob’yektlarni moliyalashtirish bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinayotganligi,  ta’mirlash ishlari ajratilgan limit mablag‘lar doirasida bajarilishi belgilanganligini ma’lum qilamiz.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари