RASMIY MUNOSABAT.Durdona mahallasi qarovsiz qoldi sarlavhasi ostidagi murojaatga bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shko‘pir tumani Durdona mahallasi qarovsiz qoldi sarlavhasi ostida tanqidiy murojaat bildirilgan. 
Murojaatda bildirilgan  gaz,  yo‘l,  tomorqa yeri olish masalasi, yo‘l belgilari bo‘yicha bildirilgan murojaatlar tegishli tashkilot rahbarlari hamkorligida o‘rganib chiqildi. 
O‘rganishlar davomida quyidagilarni ma'lum qilamiz: 
Tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqda ko‘rsatilgan yo‘l korxona balansidagi 4k 986 a "Qo‘shko‘pir k. ga shahobcha" mahalliy ahamiyatdagi avtomabil yo‘li bo‘lib, yo‘lning ta'mirtalab qismi 10 km masofani tashkil etadi. 
Ushbu yo‘lni ta'mirlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi PQ-330-sonli “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hamda boshqa kredit muassasalari mablag‘lari hisobiga avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash” bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, yo‘lni ta'mirlash va zamonaviy yo‘l belgilari bilan jixozlash ishlari dastur asosida moliyalashtirilganidan keyin amalga oshirilishini bildiramiz.
Shuningdek, fuqaroning Durdona mahallasidagi ayrim ko‘chalarning  tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilganligi va yangidan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanishda   amaliy yordam so‘rab  qilgan murojaati ham o‘rganildi. 
Bunga asosan, ”Xududgaz Xorazm” gaz   ta'minoti  filiali, Qo‘shko‘pirtumangaz    gaz     ta'minoti       bo‘limi bergan ma'lumotiga ko‘ra,    ushbu hudud O‘zbekiston   Respublikasi    Vazirlar   Mahkamasining   2013-yil     5-iyuldagi  “Xorazm   viloyati   tashkilotlari va aholisini yoqilg‘i-energetikasi bilan barqaror ta'minlash tizimini takomillashtirish hamda uni Respublikaning boshqa hududlarida joriy etish, tabiiy gazdan oqilona va samarali foydalanilishini  ta'minlash, iste'mol qilinayotgan  energetika resuslari  tarkibini iste'molchilarni  (briketlangan ko‘mirdan) maishiy gaz ballonlardagi suyultirilgan gazdan foydalanish to‘g‘risida”gi     №193-sonli qaroriga asosan tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilgan bo‘lib, yoqilg‘ining boshqa turidan foydalanishga  moslashtirilgan   hududligi   ma'lum  bo‘ldi.
Xozirgi kunda, aholi  xonadonlariga suyultirilgan  gaz  imtiyozli  ravishda  arzon narxlarda uzluksiz yetkazib berilmoqda.
    O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar    Mahkamasining 2018-yil   10-avgust  kungi   “Aholi  va   ijtimoiy      soha        ob'ektlariga         kundalik     hayotda     foydalanish     uchun     suyultirilgan     uglevodorod   gazini   yetkazib   berish tizimini   takomillashtirish    to‘g‘risida” gi      № 646-sonli   qaroriga   asosan     har       kunda      to‘ldirilib      almashtirib      berish      yuzasidan  “Hududgaz   Xorazm”    gaz    ta'minoti      filiali     Qo‘shko‘pirtumangaz   gaz    taminoti      bo‘limida      reja   grafiklari    mavjud.
   Aholiga  suyultirilgan   gazni  sotishda     O‘zbekiston   Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining  № 633-sonli   qaroriga     asosan       narxlarning   barqarorligi   nazorat  qilish    ta'minlangan.

Murojaatchining tomorqa yer masalasida qilgan murojaatiga asosan, tomorqa yer ajratish masalasi Prezidentimizning 2021 yil 23 noyabrdagi PQ-20-sonli qaroriga muvofiq dehqon xoʼjaliklari yuritish uchun moʼljallangan yer maydonlaridan “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ixtiyoriy ravishda yer maydoniga ega bo‘lishlarini bildiramiz.

 

QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари