RASMIY MUNOSABAT:fuqaro Manzura Masharipova tomonidan

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Manzura Masharipova tomonidan murojaat bildirilgan.

Fuqaroning murojaati o‘rganildi va shular ma’lum bo‘ldi.

Fuqaro Manzura Masharipova hozirda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida doimiy ro‘yxatda turadi.  Yangiariq tuman hokimligi tomonidan tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan va yashash uyining ijarasi to‘lab berilganligi aniqlandi. Shuningdek, bir martalik 660 ming so‘m moddiy yordam pullari ajratilgan.

Fuqaroning joriy 2023-yilning iyun oyida Qo‘shko‘pir tumaniga kelganida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Arablar mahallasida yashab turish uchun ijarasiz uy taklif qilingan. Biroq, uyning sharoitlari yaxshi bo‘lishiga qaramasdan fuqaroning bu uyda yashash istagi bo‘lmagan va chiqib ketgan. 

Shundan so‘ng, murojaatchi fuqaroga  yana boshqa uy topib berilgan va  homiylar tomonidan 4 oy davomida yashash uyning ijara pullari to‘lab berilgan va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham ta’minlanib turgan. Shuningdek, murojaatchining bandligini ta’minlash maqsadida mas’ullar tomonidan ishlar taklif qilinishiga qaramasdan takliflar rad qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

 

QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари