RASMIY MUNOSABAT:ko‘mirning sifati past ekanligi bo'yicha

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida aholiga  berilayotgan ko‘mirning sifati past ekanligi, yirigi kam, asosan xokadan iboratligi bo‘yicha tanqidiy murojaat yo‘llangan.

Ushbu murojaat joyiga borib murojaatchi fuqaroning masalasi tegishli tashkilot mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. O‘rganishlar davomida shular ma'lum bo‘ldi:

Fuqaroning uyiga borib, unga berilgan ko‘mir yoqilg‘isi ko‘zdan kechirilganda,  u joriy-yil kuz-qish mavsumi uchun “Ko‘mir ta'minoti” MChJ Xorazm filiali Qo‘shko‘pir tuman markaziy omborxonasidan 2BZR turidagi  ko‘mirdan 2,5 tonna miqdorda (o‘ziga keraklicha) olganini, ko‘mir tarkibida mayda (kukun) shaklining ko‘pligi, mayda qismi taxminan  400 kg atrofida  ekanligini  aytdi.

“Ko‘mir ta'minoti” MChJ Xorazm filiali bergan ma'lumoti bo‘yicha O‘zDSt3492:2020 standartida 2BZR turidagi ko‘mirning tarkibi 25 mm-500 mm gacha bo‘lgan yirik ko‘mir, 17 foizgacha mayda(kukun) va 2 foizgacha  har xil tog‘ jismlari bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xuddi shuningdek, murojaatchiga uning xonadonidagi 2,5 tonna ko‘mir ichidagi 0,4 tonna mayda kukun 16 foizni tashkil qilishi, bu esa  standart talablariga  mos  kelishi   tushuntirildi. Tushuntirishlardan so‘ng, murojaatchi fuqaro ko‘mir masalasi bo‘yicha hech qanday e'tirozi yo‘qligini bildirdi. Shu yerda tushunmovchilik holatlariga oydinlik kiritildi.

Tushuntirishlar davomida  murojaatchi fuqaro istiqomat qiladigan mahalla fuqarolaridan ham ko‘mirning vaqtida yetib kelishi va sifat darajasi haqidagi fikrlari o‘rganilganda ular ham ko‘mir yoqilg‘isi bo‘yicha hech qanday e'tirozlari yo‘qligi, mahsulotni belgilangan narxda  olayotganliklarini bildirishdi.

Xulosa shuki, murojaatchi fuqaroning ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘mir sifati pastligi va mayda ekanligi bo‘yicha yo‘llagan murojaati o‘z tastig‘ini topmadi.

 

QO‘ShKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари