Rasmiy munosabat

"Suv, elektr va internet Uch masalada ko'makka muhtojmiz" sarlavhali murojaatga "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati, UZTELECOM axborot xizmati va “Xorazm suv taʼminoti” MChJ axborot xizmatining munosabatiga ko'ra:

Ushbu murojaat shaxsan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin tomonidan mahalla hududiga chiqib o'rganildi.

Jamiyat direktori  S.Beregin mahalla hududini fuqarolar bilan birgalikda o'rganib, mahalla hududida joylashgan 4762-sonli kuchlanishi 100 kVAli va 4303-sonli kuchlanishi 63 kVA bo'lgan transformator punktlari ortiqcha kuchlanishda ishlamayotganligi hamda elektr qurilmalar soz xolatda ekanligiga ishonch hosil qildi.

Murojaatda ko'rsatilgan elektr ustunlar mahalla hududiga yangidan xonadon qurib isti’qomat qilayotgan aholi tomonidan qo'l bola usulda yasalgan elektr ustunlari bo'lib, ushbu elektr ustunlar o'rniga tez fursatda jamiyat ichki imkoniyatidan kelib chiqib,  temir beton elektr ustunlar o'rnatilib berilishi ma’lum qilindi.

Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani, Taraqqiyot mahallasi, Sputnik ko‘chasi hududida internet xizmatiga ulanishda har bir xonadon 500 metr sim tortib kelishi kerakmi degan savol bilan murojaat yo‘llangan.

2023-yil 4-iyul kuni “O‘zektelekom” AK Xorazm filiali hamda Qo‘shko‘pir tuman telekommunikasiya bog‘lamasi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan manzilda, Tuman hokimi o‘rinbosari, mahalla raisi va bir guruh fuqarolar ishtirokida tezkorlik bilan o‘rganish o‘tkazildi.

2023-yil may-iyun oylarida Taraqqiyot mahallasida zamonaviy GPON texnologiyasi (optik tolali internet) asosida  telekommunikasiya xizmatlari taqdim qilish ishlari boshlanganligi va Sputnik 1-tor ko‘chasining bir qismigacha magistral optik tolali aloqa kabeli tashkil qilinib bosqichma-bosqich aloqa qamrovini kengaytirish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi. 

Shu bilan birga 2023-yil 15-iyul kuniga qadar Sputnik 1-tor ko‘chasida to‘liq aloqa qamrovi tashkil qilinishi to‘g‘risida mahalla raisi va bir guruh fuqarolarga batafsil ma’lumotlar berildi va fuqarolar tomonidan xechqanday e’tirozlar mavjud emasligi bildirildi.

Qo`shko`pir tumani Taraqqiyot mahallasi Sputnik ko`chasida elektr ta`minoti va internet aloqasidagi muammolar bilan bir qatorda ichimlik suv ta`minotidagi muammo ham aytilgan. Ushbu xabar “Xorazm suv taʼminoti” MChJ mutaxassislari tomonidan o`rganib chiqildi. Аniqlanishicha, 2023 yil 23 apreldagi “2023 yilda bozor tamoyillariga asosan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-51-sonli Farmonga asosan ishlab chiqilgan bosh reja asosida tumanning “Yovg`ir” mahallasi hududida 32,8 gektar maydonda “Yangi O`zbekiston” massivi tashkil qilindi. 

Ushbu hududdagi “Yangi O`zbekiston” massivi va murojaatda ko`rsatilgan Taraqqiyot mahallasi Sputnik ko`chasida istiqomat qiluvchi aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash maqsadida uzunligi 5,1 kilometr bo`lgan diametri 300 millimetrlik yangi tarmoq o`tkazish rejalashtirilib loyiha hujjatlari ishlab chiqilgan. Tarmoq yotqizish ishlari joriy yilning 3-4 choraklarida boshlanishi rejalashtirilgan.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари