SAYYOR QABUL – MUAMMOLAR YECHIMINING SAMARALI USULI
Aholining dardu-tashvishi bilan yashash, fuqarolar muammolari va masalalariga quloq tutish, ularning bugunidan rozi bo‘lib yashashi va ertangi kunga bo‘lgan ishonch hissini oshirish – bugungi kunda har bir rahbarning kun tartibidagi bosh maqsadiga aylanganini ko‘rish mumkin.
Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Ahmedov Tagalak mahallasida o‘zining navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Qabulda 15 nafar fuqaro ishga joylashish, moddiy yordam, salomatligini tiklash uchun dori-darmon masalasi, tadbirkorlik uchun yer, gaz, yo‘l kabi murojaatlari bilan ishtirok etdilar.
Ayrim murojaatlar shu yerning o‘zida o‘z yechimini topgan bo‘lsa, ayrimlarining ijobiy yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga hokim tomonidan topshiriqlar berildi, ijrosi nazoratga olindi.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI