SAYYOR QABUL: MUROJAATLARGA YECHIM TOPISHNING MEXANIZMI
Mamlakatimizda inson qadr-qimmati barcha narsadan ulug‘. Shu boisdan ularning manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi.
Bugungi kunda xalqimiz davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat ko‘rsatayotgani ham fikrimizning isbotidir.
Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Ollokuliyev Zafar Bahromovich Qo‘shko‘pir tumani fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda jami 25 ta fuqaro o‘zlarining ishga joylashish, subsidiya, kredit va moddiy yordam kabi masalalari bilan murojaat qildilar.
Sayyor qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, 25 ta murojaatning 6 tasi shu yerning o‘zida ijobiy yechimini topdi. 16 tasi o‘rganib ijobiy yechim topishi yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. 3 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI