SAYYOR_QABUL

Qo‘shko‘pir tumani "Baratlar" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida tuman hokimi Shuhrat Axmedovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.  

Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri B.Matnazarov, idora va tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi. Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan  uy-joy ta’miri, tibbiy xizmat, moddiy yordam, bandlik, yer munosabatlari  bilan bog‘liq  25 tadan ortiq murojaatlar tinglandi.

Ayrim fuqarolarning murojaatlari mas’ullarga qo‘shimcha o‘rganish uchun yo‘naltirildi. Ijrosi uchun muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ullarga muddat belgilangan holda topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари