SAYYOR_QABUL

Bugun “Amirqum” mahallasida  tuman hokimi Shuhrat Axmedovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

Fuqarolarni tuman hokimi Shuhrat Axmedov qabul qildi va  murojaatlarini tingladi. Qabulda fuqarolar uy-joy taʼmiri, davolanish uchun moddiy yordam ajratish, yo‘l ta’miri, bandlik va tadbirkorlik, ichimlik suvi, gaz ta’minoti, elektr transformatorlarini o‘rnatish kabi bir qator masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

Har bir murojaat soha mutasaddilarini jalb qilgan holda chuqur o‘rganildi, muammoli masalalarning bir qismi joyida hal qilindi.

Alohida o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари