SAYYOR_QABUL
Xorazm viloyati prokurori M.Axmedov tomonidan Qoʻshkoʻpir tumanida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida 25 nafardan ortiq jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarning 5 tasi joyida yechimini topgan, 9 tasi bo‘yicha qonun talablari tushuntirilgan, o‘rganish va muddat talab qilinadigan 11 ta murojaatlar viloyat prokuraturasi ish yurituviga olindi.