SAYYOR_QABUL
Fuqarolarni tuman hokimi o‘rinbosari Ravshan Matyaqubov qabul qildi va murojaatlarini tingladi. Qabulda fuqarolar uy-joy taʼmiri, davolanish uchun moddiy yordam ajratish, yo‘l ta’miri, ichimlik suvi, gaz ta’minoti kabi qator masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Har bir murojaat soha mutasaddilarini jalb qilgan holda chuqur o‘rganildi, muammoli masalalarning bir qismi joyida hal qilindi. Ijobiy yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi, ijrosi nazoratga olindi.