SAYYOR_QABUL
Bugun “O‘rta qishloq” mahallasida tuman hokimi Shuhrat Axmedovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri B.Matnazarov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Matnazarov, idora va tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi.Qabulda fuqarolar uy-joy taʼmiri, davolanish uchun moddiy yordam ajratish, yo‘l ta’miri, ichimlik suvi, gaz ta’minoti elektr transformatorlarini o‘rnatish shu kabi qator masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Har bir murojaat soha mutasaddilarini jalb qilgan holda chuqur o‘rganildi, muammoli masalalarning bir qismi joyida hal qilindi. Ijobiy yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi, ijrosi nazoratga olindi.