SESSIYA

Bugun Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining to‘qson birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiya kun tartibiga quyidagilar kiritildi:

1. Qo‘shko‘pir tumani sektor rahbarlarining 2023-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shko‘pir tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2023 yilda sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan Xalq qabulxonasi mudiri Karimov Rajabboy Tag‘anovichning axboroti to‘g‘risida;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibi fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishini ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5005 hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 29-noyabr kungi PF-27-sonli “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosi yuzasidan tuman IIB boshlig‘i O‘.B.Xusainovning hisoboti;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 29 noyabr kungi PF-27-sonli “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligining konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosi yuzasidan Qo‘shko‘pir tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik B.O‘.Ermetovning 2023-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisoboti;
5. Qo‘shko‘pir tuman adliya bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Redjabov Qudrat Qurbonnazarovichning 2023-yil davomida tuman adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida; 
6. Xalq Deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining 2023-yil 13-dekabrdagi VI-89-200-12-172-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
7. Qo‘shko‘pir tuman mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
8. Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarining 2024-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
9. Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
10. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida;
11. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida;
12. Qo‘shko‘pir tumanida hozirgi kunda ijtimoiy ahvoli yaxshilangan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida;
13. “Temir daftar”dagi oilalarga hamda iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga tushgan mablag‘larni sarflash hamda moddiy yordam ajratish to‘g‘risida;
14. Qo‘shko‘pir tumanida zaxira yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdosiga chiqarish va yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil qilish to‘g‘risida.

Kun tartibidagi  masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi va deputatlarning qizg‘in muhokamalaridan so‘ng tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qo’shko’pir tuman hokimligi matbuot xizmati


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари