SPORT-SOGʻLIK GAROVI

SPORT-SOGʻLIK GAROVI

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining turli qatlamlari orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish tobora kuchaymoqda.

Xodimlar oʻrtasida jismoniy madaniyatni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va salomatligini mustahkamlash maqsadida Qoʻshkoʻpir tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 40- son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida shaxmat va shashka, qoʻl qayirish, 100 metrga yugurish va arqon tortish boʻyicha sport musobaqalari tashkil etildi.Sport musobaqasida barcha ishchi xodimlar faol ishtirok qildilar. Musobaqa davomida xodimlar yuqori saviyali tayyorgarliklarini namoyish etdilar. Sport musobaqasi koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi. Musobaqa yakunida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

 

ҚЎШКЎПИР ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари