SUD-HUQUQ SOHASIDAGI YANGILIKLAR
So‘ngi paytlarda yurtimizda barcha sohalar kabi sud-huquq tizimida ham keng ko‘lamli ishlar amlga oshirilmoqda. Joriy yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev yangi PF-89-sonli farmonga imzo chekdi. Farmonga ko‘ra, tergov sudyasi o‘z faoliyatini mustaqil amalga oshirib, faqat qonunga bo‘ysunadi hamda tergov sudyasiga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, deb belgilangan. Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar — tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibini joriy etish ham ko‘rsatilgan.
Tergov sudyalariga quyidagi vakolatlar, ya’ni jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati, tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuqori instantsiyalarda qayta ko‘rib chiqishning amaldagi tartibini saqlab qolish.
Tergov sudyasiga jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq, iltimosnomi, pasport (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, po‘chta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi, tintuv o‘tkazish hakidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi, mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomalar ko‘rsatilgan. Majburlov choralari: ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risida, ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish to‘g‘risida, prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomalar ham kiritilgan. Tergov sudyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib qonunchilikda belgilangan tartibda tergov sudyasiga yuklatilgan vazifalarni adolatli va holisona bajarish, qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlash, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini sud yo‘li bilan samarali himoya qilish belgilangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi F.Ismoilov