SUD-HUQUQ TIZIMIDАGI YANGILIKLАR
Mamlakatimizda bugungi kunda qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirish boʼyicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu sababli sud hokimiyati jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom maʼnodagi mustaqil davlat institutiga aylantirildi.
Fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni taʼminlash boʼyicha katta koʼlamdagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Аynan ushbu davrda nazorat instantsiyasi tugatilgani fuqarolarning qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari yuzasidan bir necha yillar davomida sarson boʼlishini oldi olinib, kassatsiya instantsiyasi ishni oʼzi toʼla hajmda koʼrib chiqishi belgilandi.
Qonunchiligimizga prokuror va advokatning tengligini, jinoyat ishlari boʼyicha sud faoliyatining barcha bosqichlarida oʼzaro tortishuv boʼlishini taʼminlashga, odil sudlovning sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritilib, shaxs ushlangan paytdan ushlangan shaxsni himoya huquqini taʼminlash majburiy qilib belgilandi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan chuqur islohatlar qonun ustuvorligini taʼminlash, shaxsning huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan.
А.АMINOV,
Jinoyat ishlari boʼyicha
Qoʼshkoʼpir tuman sudining raisi