Sayyor qabul
Bugun “O'rtayop” mahallasida tuman hokimi Shuhrat Axmedovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
Fuqarolarni tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Sayyora Xudayberganova qabul qildi va murojaatlarini tingladi. Qabulda fuqarolar uy-joy taʼmiri, ish bilan taʼminlash, davolanish uchun moddiy yordam, tadbirkorlik va dehqonchilik qilish uchun yer maydoni ajratish kabi qator masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Har bir murojaat soha mutasaddilarini jalb qilgan holda chuqur o'rganildi, muammoli masalalarning bir qismi joyida hal qilindi, yechimi muayyan muddat talab qiladigan arizalar ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Qo'shko'pir tuman hokimligi matbuot xizmati