Sayyor qabul: muammo va yechim
Bugun Qoʻshkoʻpir tumanidagi Yangilik mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda Qo‘shko‘pir tumani hokimining birinchi o‘rinbosari S.Pirnapasov, Xalq qabulxonasi mudiri B.Matnazarov hamda bir qator idora-tashkilot xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur qabulda 37 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ayrimlari shu yerning o‘zida hal qilindi, ayrimlarining ijrosi yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati