Sayyor qabul

Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuhrat Axmedovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri B.Matnazarov, tashkilot va idoralardan tegishli soha mutaxassislari, jami 20 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan muammolari, xususan, uy-joy, tomorqa olish, ishga joylashish, nafaqaga chiqish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va shu kabi boshqa masalalarda murojaat qildilar.  

Har bir murojaat soha mutaxassislarini jalb qilgan holda chuqur o‘rganildi. Yechimi muayyan muddat talab qiladigan masalalar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Qo'shko'pir tuman hokimligi matbuot xizmati 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари