Sektor rahbarlari va Probatsiya guruhida nazorat ostida turgan yoshlar uchrashuvi
Qo‘shko‘pir tumani hokimi hamda sektor rahbarlari haftaning payshanba kuni – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan tuman IIB JXX Probatsiya guruhida nazorat ostida turgan shaxslar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rganishdi.
Shu bilan birga, mazkur guruhda nazorat ostida turgan shaxslar sektor rahbarlariga qiziqtirgan savollariga javob olishdi va ularga huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi kafolatlandi.
Uchrashuv so‘nggida sektor rahbarlari ularga qayta jinoyat sodir etmasliklarini va buning oqibatlarini tushintirib o‘tishdi.
Qo‘shko‘pir tuman hokimligi matbuot xizmati