Shifokorlar nomi xotirlanib, ularning ezgu ishlari yodga olindi
Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuhrat Axmedov tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan pandemiya davrida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida qahramonlarcha halok bo‘lgan shifokorlar Kuvonchoy Masharipova hamda Ollaquli Ro‘zmetovlarning oila a'zolari bilan uchrashdi.
Ularning xonadonida bo‘lib, yaqinlari holidan xabar oldi.
O‘tganlar nomi xotirlanib, ularning ezgu ishlari yodga olindi.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI