Sud tadbirkorning qonuniy huquqlarini himoya qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kuni kecha Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, xususiy mulkni himoya qilish, biznes muhitini turli bosimlardan holi qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Masalaga tanqidiy ruhda yondashgan holda, Prezidentimiz qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar barobarida o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham borligiga e’tibor qaratdi. Xususan, ayrim hollarda mahalliy davlat hokimiyati va nazorat organlari tomonidan hususiy mulk huquqlarining bo ‘zilishi holatlari takrorlanayotganligini ta’kidladi.

Bunday holatlarga qarshi tizimli kurashishning samarasini oshirish, tadbirkorlik faoliyatining himoyasini yanada mukammallashtirish, ishbilarmonlarning haq-huquqlari, hususiy mulk dahlsizligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlarning mulkka doir huquqlarini bo ‘zish holatlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes Ombudsman) tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha vakolat berish tashabbusi bildirildi. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari tadbirkorning ortiqcha moneliksiz, xotirjam ishlashi, o‘z faoliyatida turli tekshirishlardan chalg‘imasligi qanchalik muhim ekaniga to‘xtalib, tadbirkorlik subyektlarini tekshirishga o‘rnatilgan moratoriy qanday samara berganligini ta’kidladi. Prezidentimiz ushbu moratoriy muddatini yana bir yilga o ‘zaytirishni taklif qildi.

Tabiiy savol tug‘iladi, bu takliflarning tadbirkorlar uchun ahamiyati, mazmuni nimadan iborat?

Eng avvalo, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, 4 yil avval tekshiruvlarga nisbatan o‘rnatilgan moratoriy natijasida o‘tgan davrda tadbirkorlar soni 2 barobar ko‘payib, 400 mingtaga yetdi. Shuning o‘ziyoq ushbu choraning biznes muhitini takomillashtirishda qanday ahamiyatga egaligini ko‘rsatib turibdi.

Biznes-ombudsmanga tadbirkorlarning xususiy mulkka doir huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha vakolatning berilishi       quyidagi jihatlari bilan ahamiyatlidir.

Eng avvalo, Biznes-ombudsmanning tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishda endilikda sanksiyalar qo‘llash huquqiga ham ega bo‘lishi, tabiiyki, Biznes-Ombudsman ta’sir doirasini oshiradi. Ya’ni, Biznes-ombudsman endilikda nafaqat yozma ogohlantirishlar, taqdimnomalar kiritish orqali, balki ma’murıy javobgarlik mehanizmini ishga solgan holda xususiy mulkka dahl qilish holatlariga qarshi kurasha oladi.

Ikkinchidan, bu chora tadbirkorlar huquqlarining qanchalik ahamiyatli ekani haqida mansabdor shaxslarga yo‘llangan o‘ziga hos “messeng”dir. Endilikda, qarorlar qabul qilish jarayonida mansabdor shaxslar o‘z harakat va harakatsizliklarining tadbirkor huquqlariga qanday tasir o‘tkazishi mumkinligi, buning oqibatlari o‘zlari uchun qanday bo‘lishi mumkinligi haqida yanada chuqurroq o‘ylab ko‘rishlariga turtki bo‘ladi.

Uchinchidan, shubhasiz, bu tadbirkorlarga ham yo‘llangan mujdadir. Har bir tadbirkor endilikda mansabdor shaxslar bilan bog‘liq holatlarda Prezident huzuridagi tashkilot bo‘lmish Biznes-ombudsman ularning huquqlari himoyasi uchun lozim bo‘lsa keskin choralar qo‘llashi mumkinligini ko‘rib, ishbilarmonlarning haq-huquqlarini himoya qilish davlat siyosati darajasidagi masala ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilsa, ajab emas.

Tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi sanaladi. Lekin tadbirkor o‘z faoliyati davomida muayyan to‘siq yoki muammoga duch kelishi tabiiy. Bunday vaziyatda ularning haq-huquqlarini himoya qilishda sudlarning alohida o‘rni bor. Tadbirkorlarning huquq va erkinliklari mustahkam himoyada bo‘lgan, biznes vakillariga qulay imkoniyat yaratilgan va ularning muammolariga yechim topishga alohida e’tibor qaratilgan davlat jadal taraqqiy etadi, jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi baland bo‘ladi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlar yaratish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali ishonchli himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan ishlar milliy iqtisodiyotni yangi bosqichda rivojlantirishda muhim omil bo‘layotir. Xususan, Prezidentimiz tomonidan sud-huquq tizimini yanada takommillashtirish, odil sudlovni samarali ta’minlash, sudlar mustaqilligini amalda ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan bir qator Farmon va qarorlar mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining keng quloch yoyishiga zamin yaratmoqda.

Yagona sud amalyotini ta’minlash maqsadida Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirilgani, birinchi marta Oliy sud ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati va hududlarda ma’muriy sudlar tashkil etilgani, shuningdek, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini sudda himoya qilish kafolatini kuchaytirish maqsadida iqtisodiy sudlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgani bugun o‘zini to‘la oqlamoqda, desak ayni haqiqat.

Boisi, birgina iqtisodiy sudlar tashkil etilganidan so‘ng, ming-minglab tadbirkorlarning muammolari qisqa fursatda hal etildi. Davlat organlari va tadbirkorlar o‘rtasidagı muloqot umuman boshqacha ko‘rinish kasb etib, rahbar va amaldorlarni aholiga yaqinlashtirdi. Ilgari hujalik sudlari faqat viloyat darajasida faoliyat ko‘rsatardi. Ayrim tumanlar sud binosidan uzok masofada joylashgani tufayli tadbirkorlar da’vo arizasini bergan paytdan nizo sudda ko‘rib chiqilguniga qadar viloyat markaziga bir necha marotaba qatnashga majbur edi. Bu esa ularning moddiy xarajat va ortiqcha vaqt sarflashlariga sabab bo‘lardi.

2017-yilda tashkil etilgan iqtisodiy sudlar joylashuvi uzoq hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud himoyasiga erishish darajasini oshirdi. Xususan, 2017-2022-yillar hamda joriy yilning birinchi yarmida 286,433 ta ish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari manfaatida sud qarorlari chiqarilib, ularning foydasiga 16,1 trln so‘m miqdoridagi mablag‘larni undirish belgilangan. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asl mohiyati investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotni rivojlantirish orqali xalq farovonligiga erishishdan iborat. Bunda chet eldan investorni jalb etish uchun unga, birinchi navbatda, qulay ishbilarmonlik muhiti, huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qonuniy kafolatlar yaratib berish lozim.

Oliy sudda investitsiyaviy nizolar bo‘yicha maxsus sudlovning tashkil etilishi, ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha alohida qoidalarning belgilanishi investorlar nizolarni hal qilish uchun turli sud instantsiyalari o‘rtasida 5-6 oylab sarson bo‘lishlarining oldini oladi va ularning muammolari bitta sudda hal qilinishini ta’minlaydi.

Sohadagi eng katta yutuq -  bu shubhasiz, 2019-2022-yillar hamda 2023-yilning birinchi yarmida investitsiyaviy nizolar bo‘yicha 1232 ta ish ko‘rilib, 681 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish haqida tegishli sud qarorlari qabul qilinganidir. Bundan ko‘rish mumkinki, bugun iqtisodiy sudlar tom ma’noda, tadbirkorlarning, investorlarning chinakam himoyachisiga aylandi. Zero, ular faqat ma’lum bir toifadagi ishlarni ko‘radi, bu nizolarni hal etish jarayonini tezlashtirishga va ularni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, biznesni saqlab qolish va darhol qaror qabul qilish masalalari turgan iqtisodiy ishlarda juda muhim ahamiyatga ega.

Umuman olganda, bunday sudlarning ixtisoslashuvi va samaradorligi tufayli tadbirkorlar o‘z ishlarini vakolatli va mustaqil sudyalar tomonidan ko‘rib chiqilishiga ishonch hosil qilishlari mumkin. Bu esa tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kulay shart-sharoit yaratadi.

 Xulosa qilib aytganda, davlat rahbari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, tadbirkorlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, ishbilarmonlarning haq-huquqlari hamda samarali faoliyatini ta’minlash va pirovardida aholi farovonligining ta’minlanishiga xizmat qiladi.

 

Shovot tumanlaro iqtisodiy

sudi sudyasi                                                                  R.J.Matqurbanov


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари