Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va 30 yilga ijara asosida yangi tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarining ekin yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash va ishga tushirish ishlari davom etmoqda.

Qo‘shko‘pir tumanida 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-sonli qaroriga asosan, suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va 30 yilga ijara asosida yangi tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarining ekin yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash va ishga tushirish bo‘yicha joriy yil G‘alaba, Bog‘zor, Baratlar, Nezaxos, Dovud, Ittifoq, Hayrabod va Hosiyon mahallalarida 9 ta katta hajmli arteziyan quduqlar qazib ishga tushirildi. Buning natijasida ushbu mahallalardagi 300 dan ortiq xonadonlarning 32.9 gektar tomorqa yerlarida suv ta’minoti yaxshilashga erishildi.

 

Arteziyan quduqlarning qazilishi natijasida aholi ixtiyoridagi 32.9 gektardan ortiq tomorqalarda sabzavot va poliz ekinlari yetishtirilmoqda.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари